“Fortnight” respublika masofaviy intellektual turniri, 9-raund (14 ta savol)

Vaqt: 2022-01-16 | Muallif: Iqboljon Kamolov Ilxomjon oʻgʻli |  29

Yaqinda AQSHdagi shtatlardan birida shahar Kengashi deputatlari tomonidan qator tarixiy shaxslar nomi bilan ataluvchi umumtaʼlim maktablarni qayta nomlash masalasi koʻtarib chiqildi. Bu tarixiy shaxslar orasida Tomas Jefferson ham bor. Savol: Nima uchun shahar Kengashi deputatlari Tomas Jefferson nomi bilan ataluvchi maktabni qayta nomlash tashabbusi bilan chiqishgan?

[Batafsil]


“Fortnight” respublika masofaviy intellektual turniri, 8-raund (14 ta savol)

Vaqt: 2022-01-01 | Muallif: Iqboljon Kamolov Ilxomjon oʻgʻli |  90

Bu ichimlikning nomi maymun (monkey) nomidan emas, Italiyada vujudga kelgan katolik orden aʼzolari (monk) kiyadigan rido rangiga nisbat berilishidan kelib chiqqan. Orden nomi oʻsimlikka berilishining asl sababini tashkilot logotipiga qarab turib, darhol tushunish mumkin. Savol: Gap qaysi ichimlik haqida ketmoqda?

[Batafsil]


“Fortnight” respublika masofaviy intellektual turniri, 7-raund (14 ta savol)

Vaqt: 2021-12-17 | Muallif: Iqboljon Kamolov Ilxomjon oʻgʻli |  81

Xristian dunyosi, aniqrogʻi, katolik cherkovi bilan bogʻliq barchaga maʼlum va mashhur USHBU ANʼANA tarixi qadimgi rim maʼbudlarini inkor qilish bahonasida urf boʻlgan ekan. BU ANʼANAGA asos solgan kishi dunyoga kelgan paytda hali Gʻarbiy Rim imperiyasi mavjud boʻlgan. Savol: Gap xristian (katolik) cherkovi bilan bogʻliq qaysi anʼana haqida ketmoqda?

[Batafsil]


“Fortnight” respublika masofaviy intellektual turniri, 6-raund (14 ta savol)

Vaqt: 2021-12-04 | Muallif: Iqboljon Kamolov Ilxomjon oʻgʻli |  89

Psixologlarning taʼkidlashicha, IKS – aslida olmagan qarzingizni toʻlash bilan barobar ekan. Shu bois ortiqcha IKS sogʻlik va faoliyat samaradorligi uchun zararli hisoblanadi. Savol: Agar IKS insonning psixologik holati bilan bogʻliq boʻlsa, IKSNI toping.

[Batafsil]


“Intel Legion” intellektual klubidan ilk jamoaviy turnir – “Wintel Legion” respublika masofaviy intellektual turniri

Vaqt: 2021-12-04 | Muallif: Iqboljon Kamolov Ilxomjon oʻgʻli |  53

Bir muddat avval yangi tashkil etilgan “Intel Legion” intellektual klubi muassisligida kuzgi, qishki va bahorgi taʼtil kunlarida respublika miqyosida jamoaviy masofaviy turnirlar tashkillanishi eʼlon qilingan edi. Biroq muayyan sabablarga koʻra tashkiliy ishlar yakuniga yetmagani bois kuzgi taʼtilda bunday turnirni oʻtkazishning imkoni boʻlmadi. Va nihoyat “Intel Legion” intellektual klubi qishki taʼtilni mazmunli oʻtkazishga koʻmaklashish maqsadida respublikamizdagi bilimdonlar jamoalari oʻrtasida “Wintel League” respublika masofaviy intellektual turnirini tashkil etishga qaror qildi.

[Batafsil]


“Fortnight” respublika masofaviy intellektual turniri, 5-raund (14 ta savol)

Vaqt: 2021-11-23 | Muallif: Iqboljon Kamolov Ilxomjon oʻgʻli |  122

Poytaxtimizga tashrif buyurgan inglizzabon mehmonlar dastlab IKS haqida eshitganda uni oʻzi kabilar orasida eng kichigi, ehtimol, nisbatan kichikrogʻi deb oʻylashi mumkin. Aslida nafaqat Toshkent, balki Oʻzbekiston miqyosida u eng yirik va eng goʻzal IGREKLARDAN hisoblanadi. Biroq Jakartadagi, Kasablankadagi, Lahordagi IGREKLAR bilan solishtirilsa, IKS ular oldida haqiqatan ham juda kichik ekani maʼlum boʻladi. Savol: IKS va IGREKNI toping.

[Batafsil]


“Fortnight” respublika masofaviy intellektual turniri, 4-raund (14 ta savol)

Vaqt: 2021-11-06 | Muallif: Iqboljon Kamolov Ilxomjon oʻgʻli |  110

Bu “kedr yongʻoqchasi”ni XIX asrning soʻnggi choragidan buyon hamma har koʻyga solgan. Lekin yaxshilab surishtirsangiz, avvalboshda “kedr yongʻoqchasi”ning taqdiri tragediya bilan yakunlanishi niyat qilingan ekan. Yaʼni muallif “kedr yongʻoqchasi”ning fojiali taqdiri va satirik kulgi fonida jamiyatdagi bir salbiy illatni fosh qilish, kishilarni bu illatning yomon oqibatlaridan ogoh etishni maqsad qilgan ekan. Savol: “Kedr yongʻoqchasi”ning ismini toping.

[Batafsil]


“Fortnight” respublika masofaviy intellektual turniri, 3-raund (14 ta savol)

Vaqt: 2021-10-21 | Muallif: Iqboljon Kamolov Ilxomjon oʻgʻli |  196

Bu badiiy qahramon oʻz davrida deyarli Harri Potter kabi, ehtimol undan-da mashhurroq boʻlgan. Bolakaylar unga taqlid qilish ilinjida krovatlaridan sakrab, oyoq yoki boshqa aʼzolarini shikastlash oqibatida jarrohlik stoliga yotishiga toʻgʻri kelgan. Shunda muallif yozuvchi ota-onalarnig murojaatidan keyin asarga biroz oʻzgartirish kiritish maqsadida sehrli zarralarni oʻylab topadi. Savol: Gap ayni paytda multqahramon va kinoqahramon ham hisoblanuvchi qaysi badiiy qahramon haqida ketmoqda?

[Batafsil]


“Fortnight” respublika masofaviy intellektual turniri, 2-raund (14 ta savol)

Vaqt: 2021-10-09 | Muallif: Iqboljon Kamolov Ilxomjon oʻgʻli |  246

Quyidagi roʻyxatga diqqat qiling: Ashxobod, Amsterdam, Tokio, Moskva, Vashington D.C., Toshkent, London, Qohira, Nursulton, Bishkek, Dushanbe, Anqara, Rim. Savol: Mantiqni ishga solib, roʻyxatdagi ortiqcha shahar nomini toping, shu bilan birga javobingizni aniq va toʻliq tarzda izohlab bering. PS. Alifbo yoki harflarning bu savolga hech qanday aloqasi yoʻq!

[Batafsil]


“Fortnight” respublika masofaviy intellektual turniri, 1-raund (14 ta savol)

Vaqt: 2021-09-24 | Muallif: Iqboljon Kamolov Ilxomjon oʻgʻli |  444

Jamiyatimizda IKSga nisbatan eʼtiborni kuchaytirish tarafdorlari soni ortib bormoqda, biroq ayrimlar IKSga beeʼtibor munosabatda boʻlishga urinib, aybni gohida texnikaga, gohida esa vaqt tigʻizligiga taqashadi. Umuman olganda, IKSni pisand qilmaydiganlar sizlarning orangizda ham topiladi – ehtimol, bu nopisandlikdan emas, balki bilimsizlikdan, bilimga amal qilmaslikdan boʻlishi mumkin. Men sizga aytsam, agar oʻz vaqtida IKSga yetarlicha eʼtibor qilinganida, Pushkinning hayotini saqlab qolish mumkin boʻlar edi. Savol: IKSning nimaligini toping.

[Batafsil]